» » KXDR Janubiy Koreyaning kelasi hafta muzokaralar o‘tkazish taklifini qabul qildi

KXDR Janubiy Koreyaning kelasi hafta muzokaralar o‘tkazish taklifini qabul qildi


Janubiy Koreya va KXDR kelasi hafta shimoliy koreyalik sportchilarning Pxyonchxandagi qishki Olimpiya o‘yinlaridagi ehtimoliy ishtirokini, shuningdek, munosabatlarni yaxshilash yo‘llarini muhokama qilish uchun yuqori darajada muzokaralar o‘tkazishga kelishib oldi, deb yozadi “Interfaks” Janubiy Koreyaning “Ryonxap” agentligiga tayanib.

Shimoliy Koreya Seulga kelasi seshanba kuni muzokaralar o‘tkazish taklifini qabul qilgani haqida xabar bergan. Bu haqda Janubiy Koreya birlashuv vazirligida ma’lum qilishgan.

“Ikkala tomon ham ishchi darajasidagi masalalarni hujjatlar ayirboshlash yo‘li bilan muhokama qilishga qaror qildi”, — dedi vazirlik vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kun tartibining asosiy punktlari ikki tomonlama aloqani yaxshilash, shuningdek, Olimpiadaga tayyorlanish masalalari bo‘ladi.

Опубликовано: admin (5-01-2018, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют