» » Shavkat Mirziyoyev Yangiyo‘l shahrida aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmat sifati bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Yangiyo‘l shahrida aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmat sifati bilan tanishdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yangiyo‘l shahridagi “Fayzli” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

Shu yerda Yangiyo‘l shahrining bosh rejasi loyihasi, shahardagi ko‘p qavatli uy-joylarni ta’mirlash dasturi hamda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini zamonaviy texnologiyalar asosida takomillashtirish to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Yangiyo‘l shahrida 86 ming 800 nafar aholi istiqomat qiladi. 241 ta ko‘p qavatli uylar bo‘lib, ularga xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari xizmat ko‘rsatadi.

O‘zbekiston Prezidentiga taqdim qilingan loyihalarda shaharda oqova suv tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va yangilash dasturi, Toshkent viloyatining Qibray va Zangiota tumanlarida suv ta’minotini yaxshilash, Chirchiq shahrining issiqlik tizimini takomillashtirish kabi ma’lumotlar o‘rin olgan.

Davlat rahbari “Fayzli” mahallasi profilaktika inspektori uyida bo‘ldi. Aholi bilan muloqot qildi.

Shavkat Mirziyoyev Yangiyo‘l shahridagi mavjud ko‘p qavatli uylarni to‘liq ta’mirlash, 7 qavatli 12 ta yangi ko‘p qavatli uy-joy, zamonaviy bog‘, bozor, supermarket, ko‘prik qurish bo‘yicha mutassaddilarga topshiriq berdi.

Опубликовано: admin (5-01-2018, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют