» » Tesla ilk marta bir yilda 100 000 ta mashina sotdi

Tesla ilk marta bir yilda 100 000 ta mashina sotdi


Tesla kompaniyasi to‘rtibnchi chorak va 2017-yil uchun o‘z faoliyati haqidagi hisobotni e’lon qildi, deb xabar beradi “Motor”.

Hisobotda avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniya 2017-yilning 12 oyida o‘z mijozlariga 100 000 ta avtomobil yetkazib bergani qayd etilgan. Xususan, o‘tgan yilda kompaniya xaridorlarga  101 312 ta Model S va Model X elektromobillarini yetkazib bergan. Bu esa 2016-yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 33 foizga ko‘proq deganidir. Biroq hisobotda 2017-yilning to‘rtinchi choragida 1 550 ta sotilgan Model 3 avtomobiliga urg‘u berilmagan.

Tesla vakillarining qayd etishicha, o‘tgan yilning to‘rtinchi choragida 2 520 ta Model S va Model X, shuningdek Model 3’ning 860 nusxasi mijozlarga yo‘naltirilgan. Ammo ular hali o‘z egalariga yetib bormagani uchun hisobotga kiritilmagan. Mazkur avtomobillar 2018-yilning birinchi choragida sotilgan avtomobillar sifatida qayd etiladi.

Опубликовано: admin (5-01-2018, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют