» » “Liverpul” va nihoyat Filippe Koutinyoni “Barselona”ga qo‘yib yubordi. Futbolchi bilan 5 yillik shartnoma tuzildi

“Liverpul” va nihoyat Filippe Koutinyoni “Barselona”ga qo‘yib yubordi. Futbolchi bilan 5 yillik shartnoma tuzildi


Braziliyalik futbolchi Filippe Koutinyo faoliyatining keyingi 5 yilini “Barselona” safida o‘tkazadi. Bu haqta kataloniyaliklar matbuot xizmati rasman ma’lumot berdi.

25 yoshli futbolchining tovon pulini “Barselona” 400 million yevro qilib belgiladi. Ya’ni, “PSJ” xuddi Neymar kabi Koutinyoni olib ketishni istasa, kataloniyaliklar hisob raqamiga shuncha pulni o‘tkazib qo‘yishi kerak bo‘ladi.

Norasmiy manbalar ma’lumotiga ko‘ra, “Barselona” liverpulliklarga 120 million yevro o‘tkazib bergan. Kelishuvga ko‘ra, Koutinyoning qanday o‘ynashiga qarab, ispan grandi “Liverpul”ga qo‘shimcha 40 milliongacha bonus berishi mumkin.

Koutinyo “Liverpul” safiga “Inter”dan 2013-yil kelib qo‘shilgandi. O‘tgan vaqt davomida futbolchi “mersisayd” klubi uchun 201 ta o‘yinda ishtirok etib, 54 ta gol urishga erishdi. Shuningdek, 46 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Опубликовано: admin (7-01-2018, 00:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 80) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют