» » Peskov Putinning ota-onasi cho‘qintirilgan cherkovlar haqidagi bahsni hal qildi

Peskov Putinning ota-onasi cho‘qintirilgan cherkovlar haqidagi bahsni hal qildi


Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putinning ota-onasi qaysi cherkovlarda cho‘qintirilganligi haqidagi bahslarga nuqta qo‘ydi, deb yozadi “TASS”.

Avvalroq prezident Peterburgdagi Simeonovskiy cherkovida Rojdestvo ibodatida qatnashgan edi. Cherkovning 1911-yilga tegishli hujjatlari ko‘chirmalariga muvofiq, ushbu cherkovda Putinning otasi cho‘qintirilgan. Ammo 2011-yilda Putin bosh vazir sifatida Tver viloyati Turginovo qishlog‘idagi cherkovda Rojdestvo ibodatida qatnashganida OAVlar Putinning ota-onasi aynan o‘sha yerda cho‘qintirilganini yozgan edi.

“Bu yerda hech qanday bir-biriga teskari ma’lumotlar yo‘q, — dedi Peskov. — Tver viloyatida Putinning onasi Mariya Ivanovnani, Peterburgdagi cherkovda esa uning otasi Vladimir Spiridonovichni cho‘qintirishgan”.

Опубликовано: admin (8-01-2018, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют