» » Ummon O‘zbekiston fuqarolariga viza berish tartibini osonlashtirdi

Ummon O‘zbekiston fuqarolariga viza berish tartibini osonlashtirdi


Ummon sultonligi O‘zbekiston fuqarolariga viza berish tartibini osonlashtirdi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.

Aytilishicha, O‘zbekiston fuqarolari

- AQSh;

- Kanada;

- Avstraliya;

- Buyuk Britaniya;

- Shengen kelishuvi mamlakatlaridan birida amal qilayotgan vizaga yoki yashash joyiga ega bo‘lsa, ular Ummonga kirishi uchun viza talab qilinmaydi.

Bu tartib viza oluvchining oila a’zolariga ularda viza bo‘lmagan taqdirda ham nisbatan amal qiladi.

Bundan tashqari, talabgorda amal qilish muddati olti oydan kam bo‘lmagan pasport, ikki tomonga chipta hamda mehmonxonada band qilingan joy haqida ma’lumot bo‘lishi lozim.

Viza bir oy muddatga beriladi. Uning to‘lovi — 20 Ummon riyoli (55 AQSh dollari).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2018, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 50) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют