» » Seul shimoliy koreyalik san’atkorlarning tashriflarini Pxenyan bilan muhokama qilishga rozi bo‘ldi

Seul shimoliy koreyalik san’atkorlarning tashriflarini Pxenyan bilan muhokama qilishga rozi bo‘ldi


Janubiy Koreya hukumati KXDRning Pxyonchxandagi Olimpiadaga shimol koreyalik san’at ustalarini yuborish yuzasidan muzokaralar o‘tkazish taklifini qabul qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Avvalroq Shimoliy Koreya Janubiy qo‘shnisiga 15-yanvar kuni ishchi muzokalar o‘tkazishni, unda asosan shimoliy koreyalik san’atkorlarning Janubiy Koreyaga gastrollar uyushtirish imkoniyatlarini muhokama qilishni taklif etgani ma’lum qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, Shimoliy va Janubiy Koreya 2018-yil 9-yanvarida muzokaralar o‘tkazdi — bu ikki tomonning 2015-yil dekabridan beri o‘tkazilgan ilk uchrashuvi bo‘ldi. Unda asosiy mavzu Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahridagi qishki Olimpiada o‘yinlarida shimollik sportchilarning ishtiroki masalasi bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Pxyonchxan mezbonlik qiladigan 2018-yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari 9—25-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2018, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 64) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют