» » Va nihoyat “Manchester Siti” APLda taslim etildi. Klopp boshqaruvidagi “Liverpul” kun qahramoni

Va nihoyat “Manchester Siti” APLda taslim etildi. Klopp boshqaruvidagi “Liverpul” kun qahramoni


Angliya Premyer-Ligasining 23-turiga kelib Xosep Gvardiola boshqaruvidagi “Manchester Siti” mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

“Enfild”da “Liverpul” mehmoni bo‘lgan “shaharliklar” 3:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Tomonlarning Manchesterda o‘tgan o‘yinida “Siti” raqibidan bir kishi ko‘p bo‘lib o‘ynab, 5:0 hisobida zafar quchgandi.

“Liverpul”ni Filippe Koutinyo tark etgan bo‘lsa-da, Klopp jamoasida bu kemtik sezilmadi. Oldinga chiziqda harakat qilgan Muhammad Saloh, Roberto Firmino hamda Sadio Mane triosi Gvardiola himoyachilariga imkoniyat qoldirmadi.

Shu tariqa “Siti” Londonning “Arsenal” klubi o‘rnatgan rekordni yangilay olmaydigan bo‘ldi. “To‘pchilar” 2003/04-yilgi mavsumni birorta ham mag‘lubiyatsiz yakunlashga erishgandi.

“Siti”ni Chempionlar Ligasining 6-turida “Shaxtyor” ham mag‘lub etgandi. Biroq bu o‘yin “shaharliklar” uchun u qadar katta ahamiyat kasb etmasligi bilan ajralib turardi. Liverpullik futbolchilar esa prinsipial o‘yinda APL peshqadamini taslim etishga muvaffaq bo‘ldi.

“Arsenal” esa kutilmagan mag‘lubiyatlardan yana birini qabul qilib oldi. Shu tariqa Venger jamoasi kuchli oltilik ichida eng zaifi ekani bilan ajralib turibdi.

Angliya Premyer-Ligasi

23-tur bellashuvlari

14-yanvar, yakshanba

Gollar: Ektor Belyerin, 52 (0:1). Kallum Uilson, 70 (1:1). Jordan Ayb, 74 (2:1).

Gollar: Aleks Oksleyd-Chemberlen, 9 (1:0). Leroy Sane, 41 (1:1). Roberto Firmino, 59 (2:1). Sadio Mane, 62 (3:1). Muhammad Saloh, 68 (4:1). Bernardu Silva, 84 (4:2). Ilkay Gyundogan, 92+ (4:3).

15-yanvar, dushanba

“Manchester Yunayted” — “Stok Siti” 01:00



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2018, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 60) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют