» » Yurgen Klopp hamkasbi Xosep Gvardiolani eng ko‘p bor taslim qilgan futbol murabbiyiga aylandi

Yurgen Klopp hamkasbi Xosep Gvardiolani eng ko‘p bor taslim qilgan futbol murabbiyiga aylandi


Angliya Premyer-Ligasining 23-turida “Liverpul” peshqadam “Manchester Siti”ni taslim etdi. Bu “shaharliklar” uchun mavsumdagi ilk mag‘lubiyat bo‘ldi.

Qanday ajoyib o‘yin! Har ikki klub ham haqiqiy triller namoyish etdi va bu tarixiy to‘qnashuv bo‘ldi. Siz bunda yurakni o‘g‘irlatib qo‘yasiz va uni maydonning o‘zidan topasiz. Bu o‘yinda sifat va harakter uyg‘unlasha oldi va u menga juda yoqdi.

Siz bu o‘yin haqida 20 yildan keyin ham gaprib yurasiz. Chunki “Manchester Siti” bu mavsum qaytib yutqazmaydi.

Yurgen Klopp, “Liverpul” bosh murabbiyi

Yurgen Klopp hamkasbi Xosep Gvardiolani eng ko‘p bor mag‘lub etgan murabbiyga aylandi. Turli musobaqalarda u ispaniyalik murabbiyni 5 bor taslim qilishga erishdi. Fakt shundan iboratki, Gvardiolani hozirgacha hech kim 5 marta yuta olmagandi.

Raqibni g‘alaba bilan tabriklayman. Biz “Liverpul”ning o‘z uyida tajovuzkor bo‘lishini bila turib, mag‘lub bo‘ldik.

Barqaror o‘yin namoyish etishimiz kerak edi, bunday bo‘lib chiqmadi. Bungacha ham chempionlik poygasi tugamagani haqida ko‘p aytgandim. Endi egallab turgan o‘rnimizni himoya qilishda davom etamiz.

Xosep Gvardiola, “Manchester Siti” bosh murabbiyi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют