» » Jangarilarning Tripolidagi aeroportga uyushtirgan hujumi oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi

Jangarilarning Tripolidagi aeroportga uyushtirgan hujumi oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi


Jangarilarning Liviya poytaxti Tripoli shahridagi aeroportga uyushtirgan hujumi oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi va yana kamida 60 kishi jarohat oldi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, Reuters ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

Liviya milliy birlik hukumatining ma’lumotlariga ko‘ra, hujumdan maqsad IShID va “Al-Qoida” jangarilarini ozod etish bo‘lgan.

Avvalroq, Liviyadagi neft quvurida ham portlash sodir bo‘lganligi haqida xabarlar tarqalgandi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2018, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют