» » Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida pasport nazorati kabinalari ko‘paytirildi

Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida pasport nazorati kabinalari ko‘paytirildi


Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida pasport nazorati kabinalari ko‘paytirildi, deb yozadi KNews Qirg‘iziston Davlat chegara xizmatiga tayanib.

Bunday chora-tadbirlar Qirg‘iziston davlat chegarasi orqali o‘tadigan shaxslar uchun qulayliklar yaratish, o‘tkazish punktlarida rejimni saqlash maqsadlarida amalga oshirilgan. Respublika chegara muassasasi nazorat-o‘tkazish punktlarining o‘tkazish qobiliyatini oshirish va ularni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazmoqda.

Xususan, O‘sh viloyatidagi “Dostuk-avtoyo‘l” xalqaro o‘tkazish punktida 15-yanvardan pasport nazorati 10 ta kabinada amalga oshirilmoqda. Natijada nazorat-o‘tkazish punktining o‘tkazuvchanlik qobiliyati 1,7 marta oshib, sutkasiga 1700 dan ortiq kishigacha yetdi.

Shuningdek, Botken viloyatidagi “Qadamjoy-avtoyo‘l” o‘tkazish punktida qo‘shimcha pasport nazorati kabinalari 19-yanvardan ish boshlaydi.

Bundan tashqari, Jalolobod viloyatidagi “Madaniyat-avtoyo‘l” xalqaro nazorat-o‘tkazish punktida ham to‘rtta qo‘shimcha pasport nazorati kabinalari ochiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют