» » Tramp “yolg‘onchi OAVlar” reytingini tuzib chiqdi

Tramp “yolg‘onchi OAVlar” reytingini tuzib chiqdi


AQSh prezidenti Donald Tramp “soxta OAVlar” uchun o‘zi o‘ylab chiqqan “mukofot” “g‘oliblari” ro‘yxatini chop etdi. Mazkur ma’lumot 17-yanvar, chorshanba kuni AQSh Respublikachilar partiyasi saytiga joylashtirildi, deb yozadi “TASS”.

Tramp “yolg‘onchi OAVlar” reytingga The New York Times va Washington Post gazetalari, ABC va CNN telekanallari, Time va Newsweek jurnallari materiallarini kiritdi. CNN telekompaniyasi syujetlari Tramp ro‘yxatidagi 11 o‘rindan to‘rttasini egalladi.

Reytingning oxirgi, 11-o‘rniga Tramp uning Rossiya bilan taxminiy aloqalari haqidagi mojaroni joylashtirdi. “Oxirgi, biroq kam ahamiyatli bo‘lmagani: ‘Rossiya kelishuvi!’ Rossiya kelishuvi — Amerika xalqini aldash uchun yaratilgan eng buyuk firibgarlik. Kelishuv mavjud emas!” — deyiladi matnda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют