WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Hindistonda ballistik raketa sinovdan o‘tkazildi
Hindistonda ballistik raketa sinovdan o‘tkazildi
Hindiston 18-yanvar, payshanba kuni bir tonnadan ortiq yadro kallagini tashishga qodir Agni-V qit’alararo ballistik raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda mahalliy ANI agentligi xabar berdi, deb yozadi “TASS”.
“Bugun yadro jangovar kallagini tashishga qodir Agni-V raketasini muvaffaqiyatli uchirdik”, — deydi mamlakat mudofaa vaziri Nirmali Sitaraman. Raketa Hindiston sharqidagi Odisha shtati sohiliga yaqin Abdul-Kalam orolidagi poligondan uchirildi.
Bu beshinchi muvaffaqiyatli raketa parvozi.
Agni-V raketasini ishlab chiqarish Hindistonga 25 milliard rupiyga (480 million dollar) tushgan.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!
ОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?