» » Oliy rada Donbass bo‘yicha qonun qabul qildi, unda Rossiya tajovuzkor va bosqinchi mamlakat deb ataldi

Oliy rada Donbass bo‘yicha qonun qabul qildi, unda Rossiya tajovuzkor va bosqinchi mamlakat deb ataldi


Ukraina Oliy radasi Donbass reintegratsiyasi haqidagi qonun loyihasini qabul qildi, deb yozadi Bigmir News. Unda Rossiya “agressor” (bosqinchi, tajovuzkor) deb ataladi. Tegishli qarorni 280 nafar Ukraina xalq deputatlari qo‘llab-quvvatladi, u qabul qilinishi uchun aslida 226 ta ovoz kifoya.

Qonun Donbassning Donetsk xalq respublikasi va Lugansk xalq respublikasi tomonidan nazorat qilinadigan hududlarini “bosib olingan” deb e’tirof etadi hamda Rossiyani “tajovuzkor mamlakat” va “bosqinchi” deb ataydi. Shuningdek, “Rossiya agressiyasi” degan atama belgilab qo‘yilgan.

Shu bilan birga, mamlakat sharqidagi nizoni hal qilish uchun Minsk kelishuvlarini amalga oshirish, hujjatga muvofiq, birlamchi emas. Kiyevda ularni BMT Xavfsizlik kengashining Donbass bo‘yicha rezolyutsiyasi bilan almashtirish taklif etildi.

Bundan tashqari, Ukraina prezidenti mamlakat suverenitetini ta’minlash uchun urush e’lon qilmasdan turib, hududga qurolli kuchlarni kiritish huquqiga ega.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют