» » KXDR o‘z san’atkorlarini Janubiy Koreyaga yuborish fikridan qaytdi. So‘ng bu fikridan ham qaytdi

KXDR o‘z san’atkorlarini Janubiy Koreyaga yuborish fikridan qaytdi. So‘ng bu fikridan ham qaytdi


KXDR rahbariyati shimoliy koreyalik san’atkorlarni 21-yanvar, yakshanba kuni Janubiy Koreyaga yuborishga tayyorligi haqida janubiy qo‘shnisining Milliy birlashuv vazirligiga bildirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Janubiy Koreyadagi Olimpiya tadbirlarida ishtirok etishi rejalashtirilgan KXDRning “Samchjiyon” musiqiy jamoasining yetti a’zosi shanba kuni Janubiy Koreyaga borib, tomosha joylari bilan oldindan tanishishi lozim edi. Ularning janubga tashrifi ikki kun davom etishi ko‘zda tutilgan edi. Biroq juma kuni rasmiy Pxenyan safar bekor qilinganini e’lon qildi.

Shanba kuni Janubiy Koreya tomoni bunday qaror sababini izohlab berishni Pxenyandan talab qilganidan so‘ng, Shimoliy Koreya san’atkorlar yakshanba kuni janubga borishini ma’lum qildi.

“Shimoliy Koreya tomoni shimollik artistlar chiqish qiladigan joylar bilan oldindan tanishish maqsadida tashrif buyuradigan guruh 21-yanvar kuni Kyonison temiryo‘li orqali yo‘lga chiqishi va avvaldan kelishilgan jadval asosida harakat qilishi haqida janubdagilarni xabardor qildi”, — deyiladi rasmiy axborotda.

Janubiy Koreya Milliy birlashuv vazirligidan ma’lum qilishlaricha, rasmiy Seul shimollik san’atkorlar guruhining yakshanba kuni kelishiga rozilik bildirgan.

Shimoliy va Janubiy Koreya o‘rtasida 15-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida Pxyonchxandagi 2018-yilgi qishki Olimiadaning madaniy dasturlarida KXDRning “Samchjiyon” musiqiy jamoasi ham qatnashishi borasida kelishuvga erishilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-01-2018, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют