» » Nyu-York shtati rasmiylari Ozodlik haykalini sayyohlarga yana ochish uchun mablag‘ topdi

Nyu-York shtati rasmiylari Ozodlik haykalini sayyohlarga yana ochish uchun mablag‘ topdi


Nyu-York shtati rasmiylari Ozodlik haykali va Ellis oroli xarajatlarini vaqtinchalik o‘z zimmasiga oladi. Ular AQSh federal hukumati moliyalashtirilishi vaqtincha to‘xtalishi tufayli yopilgan edi. Bu haqda shtat gubernatori Endryu Kuomoning sayti ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Har ikkala diqqatga sazovor joy 20-21-yanvar, shanba va yakshanba kunlari budjetdan mablag‘ ajratish vaqtinchalik to‘xtalishi sababli sayyohlar tashrif buyurishi uchun yopilgan edi.

Kuomo gubernatori vakillarining ma’lum qilishicha, endi shtat budjetidan Ozodlik haykali va Ellis oroliga tashrif buyurish uchun zarur xarajatlarga har kuni 65 ming dollar ajratiladi. Ularga 22-yanvar, dushanba kundan tashrif buyurish mumkin.

Hujjatda bu diqqatga sazovor joylar Nyu-York shahri va shtati iqtisodiyoti uchun juda muhim ekanligi ta’kidlanadi. 2016-yilda Ozodlik haykali joylashgan Liberti oroliga 4,5 million kishi tashrif buyurgan. Ular buning uchun 263,2 million dollar sarflagan. Bu 3,4 mingga yaqin kishini ish bilan ta’minlash imkonini bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют