» » O‘zbekistonda OTMlarga kirish test sinovlarida savollar kamaytirilishi mumkin

O‘zbekistonda OTMlarga kirish test sinovlarida savollar kamaytirilishi mumkin


O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida savollar sonini qisqartirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda bloger Xushnudbek Xudayberdiyev Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Bitta fan blokidagi savollar soni 36 tadan 30 taga tushirilishi rejalashtirilmoqda, deb yozadi bloger, ammo bu tasdiqlanganicha yo‘q.

Loyihaga ko’ra, 3 ta fandan test topshirganlar 90 ta savolga 2 soat-u 40 daqiqa ichida, 2 ta fandan topshiradiganlar esa 60 ta savolga 1 soat-u 40 daqiqa ichida javob berishi kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yil noyabrida Shavkat Mirziyoyev “Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” qaror qabul qilgan edi. Unga ko‘ra, 2018/2019-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasasiga qabul qilish bo‘yicha kirish test sinovlari 1-avgustdan 15-avgustgacha bo‘lgan davrda o‘tkaziladi, test sinovlari natijalari test o‘tkazilgan kunning ertasiga Davlat test markazi rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2018, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 85) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют