» » Xiva va Avila qardosh shaharlarga aylanishi mumkin

Xiva va Avila qardosh shaharlarga aylanishi mumkin


O‘zbekiston delegatsiyasi Ispaniyadagi Avila tarixiy shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat turizm qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi UzDaily.

O‘zbekiston delegatsiyasi FITUR 2018 turizm yarmarkasida ishtirok etish uchun 15—22-yanvar kunlarida Ispaniyada bo‘lib turmoqda.

Delegatsiya tarkibiga Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Xorazm viloyati, Xiva va Xazorasp shaharlari hokimiyatlari, shuningdek ispaniyalik sayyohlarni jalb etishga ixtisoslashgan sayyohlik kompaniyalari vakillari kirdi.

Xiva shahri hokimi Erkin Yoqubovning so‘zlariga ko‘ra, Xiva va Avila qardosh shaharlarga aylanishi mumkin. Ikki tarixiy markaz ma’muriyatlari o‘rtasida muzokaralar olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2018, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют