» » Bloomberg “Putinning qizi” ajrashganligi haqida ma’lum qildi

Bloomberg “Putinning qizi” ajrashganligi haqida ma’lum qildi


OAVlari Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qizi deb atovchi Katerina Tixonova va “Sibur” neft-kimyo kompaniyasi direktorlar kengashi a’zosi Kirill Shamalov ajrashdi. Bu haqda to‘rt nafar manbaga asoslanib, Bloomberg agentligi xabar bermoqda, deb yozadi ForumDaily.

Bu aynan qachon yuz berganligi va ajrashish rasman amalga oshirilgan-oshirilmaganligiga agentlik suhbatdoshi aniqlik kiritmaydi. Yoshlarning to‘yi 2013-yilda Igorning tog‘-chang‘i kurortida bo‘lib o‘tgan edi.

Bloomberg ajrashishni Shamalovga tegishli “Sibur” neft-kimyo kompaniyasi aksiyalarining sotilishi bilan bog‘laydi. Bitim 2017-yilning aprelida tuzilgan. Shamalov ulushuning 20 foizdan ortig‘iga milliarder Leonid Mixelson egalik qilgan.

Shamolov bu bitimdan hech qanday daromad qilmaganligi ta’kidlanadi. Kompaniya aksiyalari unga “Putin oilasi a’zosi” sifatida tegishli bo‘lganligi uchun bu imtiyoz Tixonova bilan nikohi bekor qilingandan so‘ng yakun topgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют