» » Milliy universitetda islom akademiyasi ilmiy kengashining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Milliy universitetda islom akademiyasi ilmiy kengashining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


25-yanvar kuni O‘zbekiston milliy universitetida islom akademiyasi ilmiy kengashining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.

Yig‘ilishda akademiklar, olimlar, professor o‘qituvchilar, fan doktorlari, ilmiy kengash a’zolari va din peshvolari ishtirok etdi.

16-yanvar kuni davlat ro’yxatidan o‘tgan islom akademiyasida “Qur’onshunoslik”, “Fiqh ilmi”, “Hadisshunoslik” va “Kalom ilmi” mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlar, shuningdek, ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlanishi ko‘zda tutilgan.

Akademiya diniy idora muassisligidagi diniy va dunyoviy ta’lim beruvchi nodavlat ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi. Uning asosiy maqsadlari – respublikada faoliyat olib borayotgan oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarini yuqori malakali ilmiy kadrlar bilan ta’minlash hamda tayyorlanayotgan mutaxassislarning ilmiy va kasbiy salohiyatini oshirish, shuningdek, qur’onshunoslik, tafsir va fikh, hadisshunoslik, kalom ilmi yo‘nalishlari bo‘yicha magistrlarni, yetuk ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlashdan iborat.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют