» » Janubiy Koreyadagi kasalxonada ro‘y bergan yong‘in qurbonlari soni 41 nafarga yetdi

Janubiy Koreyadagi kasalxonada ro‘y bergan yong‘in qurbonlari soni 41 nafarga yetdi


Janubiy Koreyaning Miryang shahridagi kasalxonada ro‘y bergan yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar soni 41 nafarga yetdi, deb xabar beradi “Interfaks”.

Shuningdek yong‘in oqibatida 70 dan ortiq kishi kuyish jarohatini olgan. Ulardan o‘n nafarining ahvoli og‘irligi aytilmoqda.

Yong‘in chiqqan paytda kasalxonaning ikkita korpusida qariyb 200 kishi bo‘lgan.

Kasalxona binosi pastki qavatlardan yona boshlagan. Bu esa kishilarga binoni tark etishga xalaqit bergan.

Yong‘in sabablari hozircha noma’lum.

Avvalroq, yong‘in oqibatida 13 kishining halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2018, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют