» » AQSh Harbiy-dengiz kuchlari samolyotlari Qrim sohillarida razvedka o‘tkazdi

AQSh Harbiy-dengiz kuchlari samolyotlari Qrim sohillarida razvedka o‘tkazdi


AQSh Harbiy-dengiz kuchlari kemaga qarshi patrul samolyoti P-8A Poseidon 25-yanvar, payshanba kuni Qrimdan janubi-g‘arbga razvedka parvozini amalga oshirdi. Bu haqda G‘arb aviatsiya resurslariga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Sitsiliyadagi Sigonella aviabazasidan parvoz qilgan Amerika dengiz razvedkachi samolyoti ko‘p soatlik parvozni amalga oshirganligi ta’kidlanmoqda. Bunda samolyot Qrim sohillariga 60 kilometrga yaqin masofaga yaqinlashib, 7,5 ming metr balandlikkacha pastlagan.

Shuningdek, shu kunda AQSh Harbiy-havo kuchlari uchuvchisiz uchar qurilmasi RQ-4B Sevastopol yaqinidan, Qrim janubi sohili bo‘ylab va Krasnodar o‘lkasi sohilidan Sochiga qadar parvoz qilib, o‘n soatdan kam bo‘lmagan vaqt davomida razvedka olib borgan.

Bundan tashqari, 25-yanvar kuni AQSh Harbiy-havo kuchlari razvedka samolyoti RC-135V Kaliningrad viloyati yaqinida ko‘p soatlik parvozni amalga oshirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2018, 20:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют