» » Adliya xodimlari ishini xufyona o‘rganish natijasida 17 nafar xodim ishdan bo‘shatildi

Adliya xodimlari ishini xufyona o‘rganish natijasida 17 nafar xodim ishdan bo‘shatildi


Fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi xodimlarning o‘z ishiga qanchalik halol va vijdonan yondashayotganini aniqlash maqsadida Adliya vazirligi tomonidan muntazam ravishda “sirli mijoz” tadbirini o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan. Bu haqda adliya idoralarining kengaytirilgan hay’at yig‘ilishida Adliya vaziri Ruslanbek Davletov ma’lum qildi, deb xabar beradi O‘zA.

Bunda vazirlik xodimi notarius, FHDYo idorasi yoki davlat xizmatlari ko‘rsatish markaziga mijoz sifatida boradi. Ulardan biror xizmat ko‘rsatishni so‘raydi. Bundan bexabar xodim esa...

“Sirli mijoz” Yangiyo‘l tumani davlat xizmatlari ko‘rsatish markaziga yangi korxona tashkil etish istagida borgan. Mas’ul xodim esa mijozga 400 ming so‘m olib kelsangiz, ishingiz bitadi, deb aytgan va uning qo‘liga tashrif qog‘ozini tutqazgan.

Urganch tumani davlat xizmatlari ko‘rsatish markaziga xorijiy korxona ochish istagida borgan “sirli mijoz” qo‘liga o‘z kuchini yo‘qotgan hukumat qarori tutqazilgan.

Ana shunday xufyona o‘rganish natijasida qo‘pol qonunbuzilish holatiga yo‘l qo‘ygan 17 xodim ishdan bo‘shatildi.

Majlisda bunday holatlarga aslo toqat qilib bo‘lmasligi, ularga barham berish borasida barcha imkoniyatlar ishga solinishi qayd etildi.

Vazirlik tomonidan “sirli mijoz” tadbirini hududiy adliya organlari tomonidan ham o‘tkazilishi topshirilgan. Biroq joylarda bunga panja orasidan qaralgan. Ya’ni “sen menga tegma, men senga tegmaysan”, qabilida.

Videokonferensaloqa tizimi orqali majlisda ishtirok etayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziridan bu borada qanday ish qilingani so‘raldi. Lekin ijobiy javob olinmadi. Unga birinchi chorak yakunigacha 100 ta “sirli mijoz” tadbiri o‘tkazish topshirig‘i berildi. Buxoro, Surxondaryo adliya boshqarmalari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar ham tanqid qilindi.

FHDYo organlari tomonidan olib borilayotgan ishlarga tanqidiy baho berildi. Bu borada 232 organ aholiga xizmat ko‘rsatmoqda. Lekin ular oldiga qo‘yilayotgan eng dolzarb vazifalarga sovuqqonlik bilan qaramoqda.

Prezident topshirig‘i asosida to‘y marosimlarini ixchamlashtirishga qaratilgan “Bekobod namunasi” ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi. Lekin bundan shu ishni bevosita amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan joylardagi adliya xodimlariing hali xabari yo‘q. Masalan, Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘idan bu haqda so‘ralganda, u sukut saqladi.

Hozirda 58 million dalolatnoma yozuvi mavjud bo‘lib, ularning elektron arxivi yaratilmoqda. Bu fuqarolarga yaratilayotan katta qulaylik bo‘lib, zarur hujjatni tez va oson topish imkoniyatini yaratadi. Bu borada Toshkent shahrida samarali ish olib borilmoqda. Biroq joylardagi 75 FHDYo organi tizim bo‘yicha umuman ish olib bormagan. Shuning uchun majlisda ishni jadallashtirish uchun har bir organga elektron arxivga ma’lumot kiritish bo‘yicha qat’iy yuklama qo‘yilishi aytildi.

Majlisda bundan buyon har bir soha bo‘yicha qattiq nazorat o‘rnatilishi ma’lum qilindi. Bundan o‘z vaqtida xulosa chiqargan xodimlargina tizimda ishlashda davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2018, 18:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют