» » O‘zbekistonda xorij tajribasi asosida achchiq qalampir yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda xorij tajribasi asosida achchiq qalampir yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi


Vazirlar Mahkamasining Respublikada xorij tajribasi asosida achchiq qalampir yetishtirishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi, deb yozadi O‘zA.

Qarorga asosan qishloq xo‘jaligi ekinlari tarkibini diversifikatsiya qilish, fermer va dehqon xo‘jaliklari daromadini oshirish hamda eksport hajmlarini ko‘paytirish maqsadida xorijiy tajriba asosida achchiq qalampir yetishtirilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Shu maqsadda yuqori hosilli qalampir urug‘lari xorijdan, shu jumladan, Indoneziya Respublikasidan olib kelinadi.

Hujjatda qayd etilishicha, 2018-yilda Respublika bo‘yicha jami 17 ming 117 gektar maydon, shu jumladan tomorqa yer uchastkalarida qalampir ekilib, undan jami 207 ming 15 tonna hosil olish rejalashtirilgan.

Qalampir mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer, dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga qalampir yetishtirish uchun shartnoma asosida bo‘nak mablag‘lari va zaruriyatga ko‘ra moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlash maqsadida “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasining hududlardagi “Qalampir” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari tashkil etilmoqda.

Mazkur tashkilot yetishtirilgan achchiq qalampirni qayta ishlash va eksport qilish bilan ham shug‘ullanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2018, 09:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют