» » KXDR Janubiy Koreya harbiylarini Pxenyanda 8-fevralda bo‘lib o‘tadigan paradga chaqirmoqchi

KXDR Janubiy Koreya harbiylarini Pxenyanda 8-fevralda bo‘lib o‘tadigan paradga chaqirmoqchi


KXDR rahbariyati Pxenyanda 8-fevral kuni, Pxyonchxanda 9-fevralda ochiladigan qishki Olimpiada arafasida o‘tkaziladigan harbiy paradga Janubiy Koreya qurolli kuchlari vakillarini taklif qilmoqchi, deb yozadi “TASS”. Bu haqda Yaponiya nashri Seuldagi razvedka manbalariga tayanib xabar berdi.

Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, paradga taklif haqidagi xabar KXDR yetakchisi Kim Chen In nomidan mamlakatning chet eldagi vakolatxonalariga yuborilgan xatda bo‘lgan. Hujjatda Seul bilan bu borada muzokaralar olib borilayotgani aytiladi.

Janubiy Koreya hukumati vakillari bunday maslahatlashuvlar o‘tkazilganini rad etdi. Hatto bunday taklifnoma olingan taqdirda ham, mamlakat qurolli kuchlari vakillari paradda qatnashmasligi ehtimoli katta, dedi ular.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2018, 11:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 28) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют