» » Jahon banki O‘zbekistonda meva-sabzavotchilikni rivojlantirishga 500 mln dollar ajratdi

Jahon banki O‘zbekistonda meva-sabzavotchilikni rivojlantirishga 500 mln dollar ajratdi


Jahon banki direktorlar kengashi “Meva-sabzavotchilik sektorini rivojlantirish. Qo‘shimcha moliyalashtirish” loyihasini tasdiqladi, deb yozadi UzDaily.

Loyiha mahalliy sabzavot va mevalarning ichki va tashqi bozorlarga chiqish imkoniyatini kengaytiradi, shuningdek, O‘zbekistonda meva-sabzavotchilik sektori mahsuldorligini oshiradi. Shu maqsadlar uchun Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (Jahon banki guruhiga kiradi) 500 million dollar hajmida qarz ajratdi.

150 million dollarlik “Meva-sabzavotchilik sektorini rivojlantirish” dastlabki loyihasi 2014-yilda tasdiqlangan va O‘zbekistonda ushbu sektorni rivojlantirish uchun to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan edi. Joriy loyiha esa uning muvaffaqiyatlariga asoslanadi. 2017-yilning oxiri holatiga ko‘ra, butun mamlakat bo‘ylab fermerlar, xususiy korxonalar, agrofirmalar va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha korxonalar loyihada ishtirok etuvchi banklardan meva-sabzavotchilik sohasidagi biznesni rivojlantirish uchun 223 ta kredit olgan.

Joriy loyiha butun O‘zbekiston bo‘ylab fermerlar va agrofirmalar uchun moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatini yaxshilaydi. Kreditlar hisobidan ular urug‘ va ko‘chatlar, suvni tejovchi texnologiyalarni xarid qiladi, omborxona va issiqxonalar quradi, meva va sabzavotlarni qayta ishlash uchun uskunalar sotib oladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют