» » Beeline mobil operatori abonent to‘lovini oshirish borasidagi rejasini bekor qildi

Beeline mobil operatori abonent to‘lovini oshirish borasidagi rejasini bekor qildi


Beeline mobil aloqa operatori joriy yilning 1-fevralidan boshlab abonent to‘lovlarini oshirish borasidagi rejasini bekor qildi. Bu haqda, kompaniya matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Abonent to‘lovlarining miqdori o‘rtacha 66 foizga ko‘tarilishi kutilayotgan edi, biroq kompaniya tariflar narxini avvalgi qiymatda qoldirishga qaror qilgan.

“O‘zbekistonning barcha hududlarida davom etayotgan tarmoq kengayishining navbatdagi bosqichi tugaguniga qadar, biz narxlarni o‘zgartirmaymiz. Bunday yechim bizning kompaniyamiz yuqori sifatli xizmatlarni taqdim etishga intilishi va ayni paytda abonent to‘lovini qayta ko‘rib chiqilishi munosabati bilan rejalashtirilayotgan bonuslardan to‘liq foydalanish qiyin ekanligi bilan bog‘liq”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Beeline o‘z abonent to‘lovlarini oshirishini, UzMobile hamda UMS mobil operatorlari esa bu borada o‘zlarining tarif narxlarni yaqin orada o‘zgartirish niyatida emasligini ma’lum qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют