» » Rishtonda 10 kunda 6 mingdan ortiq muammo aniqlandi

Rishtonda 10 kunda 6 mingdan ortiq muammo aniqlandi


Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida mahallalar va oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga ko‘maklashuvchi Respublika ishchi guruhi tomonidan aholi bilan muloqotlar o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Respublika ishchi guruhi tomonidan 68 mahalla fuqarolar yig‘ini o‘rganilib, 11946 xonadonga uyma-uy kirib chiqildi. O‘rganish jarayonida oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit, elektr energiya, suyultirilgan gaz, ichimlik suvi ta’minoti, yo‘llarni ta’mirlash, bandlik, xalq ta’limi kabi yo‘nalishlarda 6 mingdan ortiq muammo aniqlandi va ularning ba’zilari joyida hal etildi. Qolganlariga ham yechim topish yuzasidan aniq chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilmoqda.

Murojaatlar bilan ishlash, xalq bilan muloqot qilish ham doimiy e’tiborda. Tuman Xalq qabulxonasi tomonidan mutasaddi rahbarlar bilan birgalikda hududdagi eng chekka mahallalarda doimiy ravishda sayyor qabul tashkil etilmoqda. O‘tgan yili o‘tkazilgan 191 sayyor qabulga 610 murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 497 tasi qanoatlantirilgan. Ayni paytda bu ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Respublika ishchi guruhi ishtirokida 10 kun davomida tuman mahallalaridagi 33 transformator ta’mirlandi. Qish mavsumi uchun ijtimoiy sohaga qo‘shimcha 3 ming 500 tonna, tuman aholisiga 4 ming 533 tonnadan ziyod ko‘mir yetkazib berildi. Tabiiy gaz ta’minoti qoniqarsiz bo‘lgan hududlardagi kam ta’minlangan va ko‘p oilali xonadonlarga 14 mingdan ortiq maishiy gaz ballonlari yetkazib berildi. “Gumbaz” mahalla fuqarolar yig‘inining Shodlik ko‘chasiga asfalt yotqizish, 500 metr masofaga toza ichimlik suvi keltirish masalasi hal etildi.

Uchariq mahallasida 5 nafar imkoniyati cheklangan fuqaroga nogironlik aravachasi berildi. 15 nafariga oziq-ovqat va dori-darmonlar jamlanmasi topshirildi. Hududdagi 546 oilaning moddiy-ma’naviy ahvoli yuzasidan tegishli tadbirlar ishlab chiqildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2018, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют