» » 2017-yili O‘zbekistonda 21 mln tonnadan ortiq meva-sabzavot yetishtirildi

2017-yili O‘zbekistonda 21 mln tonnadan ortiq meva-sabzavot yetishtirildi


2017-yili O‘zbekistonda dehqon, fermer va tomorqachilari tomonidan jami 21,4 million tonna meva-sabzavot yetishtirildi. Bu haqda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Xalq so‘zi”.

Hosilning 11,4 million tonnasi sabzavot, 2,1 million tonnasi poliz ekinlari, 3 million tonnasi kartoshka, 3,1 million tonnasi meva va 1,8 million tonnasi uzumdan iborat.

Respublika bo‘yicha 13 ming gektar intensiv bog‘, 7 ming gektar tokzor barpo etildi. 15,2 ming gektar yaroqsiz bog‘ hamda 9,1 ming gektar tokzor rekonstruksiya qilindi.

Qisqartirilgan paxta va g‘alla maydonlari o‘rniga meva-sabzavot ekinlari joylashtirilayotgani oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish hajmi ortishiga turtki bo‘lmoqda.

2016—2017-yillarda shunday yer maydonlarining 8,5 ming gektarida intensiv bog‘, 4,4 ming gektarida tokzor barpo etildi. 39,9 ming gektar sabzavot, 13,2 ming gektar kartoshka ekildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2018, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют