» » O‘zbekistondagi san’at, madaniyat va olimpiya zaxiralari kollejlari maktab va maktab-internatlarga aylantiriladi

O‘zbekistondagi san’at, madaniyat va olimpiya zaxiralari kollejlari maktab va maktab-internatlarga aylantiriladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-fevral kuni “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Qarorga muvofiq, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi negizida Kasb-hunar ta’limi markazi tashkil etiladi.

Markazning asosiy vazifalari qatoriga tasarrufida kasb-hunar kollejlari bo‘lgan vazirlik, idoralar, tijorat banklari va yirik korxonalar bilan birgalikda kasb-hunar ta’limi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish kiradi.

Qaror bilan san’at, madaniyat va olimpiya zaxiralari kollejlari ixtisoslashtirilgan san’at, madaniyat maktablari va maktab-internatlariga o‘zgartirish belgilandi. Ularning bitiruvchilariga diplom beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2018, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют