» » Pentagon rahbari Afg‘onistonda kontingentni oshirish rejalarini rad etdi

Pentagon rahbari Afg‘onistonda kontingentni oshirish rejalarini rad etdi


AQSh Afg‘onistonda kontingentni oshirishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Pentagon rahbari Jeyms Mettis brifing davomida ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.

Mettis jurnalistning savoliga javob berar ekan, Afg‘onistondagi kuchlar rotatsiyasi rejalashtirilganligi, biroq bundan ortig‘i ko‘zda tutilmaganligini ta’kidladi.

“Biz Afg‘onistondagi yangi strategiya va taxminiy raqamlarni e’lon qildik, yana bir necha ming kishi yoki yana besh ming kishini nazarda tutayotgan bo‘lsangiz — bu borada hech qanday rejam yo‘q”, — dedi u.

2017-yilning avgust oyi oxirida AQSh prezidenti Donald Tramp Afg‘onistondagi yangi strategiyani e’lon qildi. U mamlakatdagi Amerika kontingentini to‘rt ming kishiga oshirishni ko‘zda tutgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-02-2018, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют