» » Rossiya markaziy saylov komissiyasi Putinni prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga oldi

Rossiya markaziy saylov komissiyasi Putinni prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga oldi


Rossiya markaziy saylov komissiyasi 6-fevral, seshanba kungi yig‘ilishida Vladimir Putinni Rossiya prezidentligiga nomzod sifatida ro‘yxatga olish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Nomzodlik guvohnomasini Putinning saylov shtabi yuridik xizmati rahbari Sergey Kabishev oldi va shu kunning o‘zida unga yetkazishini ma’lum qildi.

Kabishev Putin nomzod sifatida ro‘yxatga olinganidan so‘ng amaldagi davlat rahbari bo‘lgani va vazifalarini bajarishda davom etayotgani sababli ta’tilga chiqishga majbur emasligini bildirdi.

Putin Rossiya markaziy saylov komissiyasi ro‘yxatga olgan uchinchi nomzod bo‘ldi. Oldinroq LDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiy va KPRF nomzodi Pavel Grudinin bu jarayondan o‘tgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2018, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют