» » KXDR yetakchisining singlisi olimpiada delegatsiyasi tarkibida Janubiy Koreyaga tashrif buyuradi

KXDR yetakchisining singlisi olimpiada delegatsiyasi tarkibida Janubiy Koreyaga tashrif buyuradi


KXDR yetakchisi Kim Chen Inning kichik singlisi Kim Yo Chjon mazkur hafta Pxyonchxan Olimpiada o‘yinlari rasmiy delegatsiyasi tarkibida Janubiy Koreyaga tashrif buyuradi. Bu haqda 7-fevral, chorshanba kuni Koreya Respublikasi birlashish vazirligi xabar berdi, deb yozadi “TASS”.

“Shimol Koreya Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi targ‘ibot bo‘limi rahbari o‘rinbosari lavozimida faoliyat yurituvchi Kim Yo Chjon 22 yuqori mansabdor shaxsdan iborat delegatsiya tarkibiga kiradi”, — ta’kidlaydi boshqarma.

4-fevral kuni Janubiy Koreyaning qishki O‘yinlaridagi Pxenyan delegatsiyasiga Oliy xalq majlisi (parlament) prezidiumi raisi 90 yoshli Kim Yon Nam boshchilik qilishi ma’lum bo‘ldi. Ular 9-fevraldan 11-fevralga qadar Janubiy Koreyada bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2018, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют