» » “Qishloq qurilish bank”dan masofaviy bank xizmatlari

“Qishloq qurilish bank”dan masofaviy bank xizmatlari


O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida to‘lov tizimini yanada rivojlantirish, shu jumladan, real vaqt rejimida tezkorlik bilan hisob raqamlarni boshqarish va bank operatsiyalarini o‘tkazish imkonini beruvchi masofadan bank xizmatlari ko‘rsatgan holda tijorat banklarining samarali axborot almashinuvi tizimini tashkil etish Markaziy bank faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi. Bu esa tijorat banklari tomonidan ko‘rsatilayotgan masofaviy xizmatlarning sifat tarkibini yaxshilash va yangi zamonaviy xizmatlarni joriy etish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Bugungi kunda ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda mijozlarga ko‘rsatilayotgan zamonaviy xizmatlar bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlari “Internet banking”, “Mobil banking” va “SMS-banking” xizmatlaridan iborat.

Masofaviy bank xizmatlari ulardan foydalanadigan mijozlarning huquqiy maqomiga ko‘ra, yuridik va jismoniy shaxslarga mo‘ljallangan masofaviy bank xizmatlariga tavsiflanishi mumkin. Hozirda yuridik shaxslarga “Korporativ internet-banking”, “Mobil-banking” va “SMS-banking” kabi zamonaviy xizmatlar ko‘rsatilmoqda.

“Korporativ internet banking” xizmatidan foydalangan holda, mijozlar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lishi mumkin:

“Korporativ internet-banking” xizmatidan foydalanish uchun mijozlar bank bilan shartnoma rasmiylashtirgandan so‘ng, o‘z shaxsiy kompyuteriga maxsus dastur o‘rnatib olish va “i-key” xavfsizlik kalitlariga ega bo‘lishi kifoya. Bankning amaldagi tariflariga muvofiq, “Korporativ internet banking” xizmatiga ulanish hamda “i-key” xavfsizlik kalitlarini taqdim etish – bepul.

Yana bir yangilik – bank tizimida “Korporativ internet-banking” xizmati uchun oylik abonent to‘lovlari 10 foizga pasaytirildi va 2018-yil 12-fevraldan eng kam ish haqining 20 foizini tashkil etadi.

Ayni vaqtda ATB “Qishloq qurilish bank”ning “Korporativ internet-banking” xizmatidan foydalanuvchi mijozlar soni 2 998 nafarni tashkil etmoqda.

“Internet banking”, “Mobil banking” va “SMS-banking” kabi xizmatlarni ko‘rsatish orqali mijozlar uchun o‘z vaqtlarini tejash va mablag‘larni tezkor tasarruf etishda qulayliklar yaratilayotgan bo‘lsa, banklar uchun mijozlar sonini ko‘paytirish, iqtisodiy samaradorlikni oshirish va mehnat resurslarini tejash imkoniyati yaratilmoqda.

Zamonaviy va qulay xizmatlardan foydalaning!

“Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida!

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998 (71) 150-39-93; 150-72-55,

Sayt: www.qqb.uz

Reklama huquqi asosida!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2018, 14:28)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют