» » Qrimda sodir bo‘lgan YTH oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi (video)

Qrimda sodir bo‘lgan YTH oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi (video)


Qrimda 16-fevral kuni ikkita yuk mashinasi va bitta yengil avtomobil o‘zaro to‘qnashib ketishi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ular orasida bolalar ham bor. Bu haqda “Interfaks”ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Agentlik Qrim respublikasi bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi vakiliga tayanib ma’lum qilishicha, yuk mashinalaridan birining haydovchisi, shuningdek, yengil avtomobildagi olti kishi halok bo‘lgan. Ikkinchi yuk mashina haydovchisi shifoxonaga yotqizilgan, uning ahvoli og‘ir.

Ta’kidlanishicha, avariya Simferopol—Kerch yo‘lining 357-kilometrida sodir bo‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, “VAZ-2105” avtomobilining haydovchisi og‘ir yuk mashinasini quvib o‘tayotib, u bilan to‘qnashib ketgan. Qarama-qarshi tarafdan kelayotgan yuk mashinasi esa ularga kelib urilgan. To‘qnashuv oqibatida yuk avtomobillarida yong‘in chiqqan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют