» » Shavkat Mirziyoyev Buxoro—Kogon yo‘li bo‘yida qurilayotgan ko‘p qavatli uylarni borib ko‘rdi

Shavkat Mirziyoyev Buxoro—Kogon yo‘li bo‘yida qurilayotgan ko‘p qavatli uylarni borib ko‘rdi


Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahridan Kogon shahrigacha bo‘lgan yo‘lning ikki chetida bunyod etilayotgan arzon ko‘p qavatli uy-joylar qurilish uchastkasida bo‘ldi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

O‘tgan yili may oyida boshlangan qurilish ishlari 27 ta pudrat tashkilotlari tomonidan olib borilmoqda. Ushbu 39 ta ko‘p qavatli turar-joy bitgach, 1024 ta oila o‘z uyiga ega bo‘ladi. Shu paytgacha shaharda buncha ko‘p qavatli uy qurilmagan. Uylarni joriy yil mart oyida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Turar-joylarni tez va sifatli qurish, bunda zamon talablari va aholi ehtiyojlarini hisobga olish, barcha ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish zarurligi ta’kidlandi.

Shu yerda Buxoro shahrida amalga oshiriladigan bunyodkorlik loyihalari haqida ma’lumot berildi.

Ulardan biri - Islom Karimov ko‘chasi qiyofasini o‘zgartirish loyihasidir. Unga muvofiq, ko‘chaning ikki tomonida zamonaviy binolar, yashil hududlar, dam olish maskanlari va boshqa obyektlar barpo etish rejalashtirilgan.

Shuningdek, Ibn Sino, Ayniy, Hamza, Iqbol va boshqa ko‘chalarda ko‘p qavatli uylar, savdo markazlari, maishiy xizmat obyektlari barpo etilmoqda. Bu aholini arzon va zamonaviy uylar bilan ta’minlash, turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Shavkat Mirziyoyev loyihalarni takomillashtirish, sifat va muddatga amal qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahridagi Yoshlar markaziga tashrif buyurdi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 41) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют