» » Chempionlar Ligasida ham “turk seriali” tugadi. “Bavariya” o‘z uyida “Beshiktosh”ni ayab o‘tirmadi

Chempionlar Ligasida ham “turk seriali” tugadi. “Bavariya” o‘z uyida “Beshiktosh”ni ayab o‘tirmadi


“Manchester Siti” va “Liverpul” klublaridan keyin Myunxenning “Bavariya”si ham Chempionlar Ligasining chorak finali yo‘lida yirik g‘alabaga erishdi.

“Beshiktosh”ni qabul qilgan Yupp Xaynkes jamoasi 75 daqiqa maydonda bir kishi ko‘proq o‘ynadi. Natijada nemislarga jami 5 ta gol urish nasib qildi. Levandovski va Myuller dublga erishgan bo‘lsa, yana 1 ta gol Kingsli Koman nomiga yozildi.

Shu tariqa “Bavariya” javob o‘yini oldidan yaxshigina imkoniyatni qo‘lga kiritdi. Tomonlarning Turkiyadagi to‘qnashuvi 14-mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Chempionlar Ligasi

1/8 final

20-fevral, seshanba

Gollar: Tomas Myuller, 43 (1:0). Kingsli Koman, 53 (2:0). Tomas Myuller, 66 (3:0). Robert Levandovski, 79 (4:0). Robert Levandovski, 88 (5:0).

Chetlatish: Domagoy Vida, 16 (mehmon).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2018, 06:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют