» » Toshkentda sotilayotgan 9 turdagi sut mahsulotlari belgilangan talablarga muvofiq emasligi aniqlandi

Toshkentda sotilayotgan 9 turdagi sut mahsulotlari belgilangan talablarga muvofiq emasligi aniqlandi


22-fevral kuni Xalqaro press klubning navbatdagi Ozstandart: islohotlarning yangi bosqichi, integratsiya va muammolar tahlili mavzusida sessiyasi bolib otdi.

Sessiyada Ozstandart agentligi bosh direktori Abduhamid Karimov, Ozstandart agentligi bosh metrologi Abdurauf Abduqayumov va axborot-malumot markazi direktori Shokir Alimov spikerlar sifatida ishtirok etdi.

Ozstandart agentligi tomonidan, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining savdo rastalarida sotilayotgan 56 turdagi (sut va sut mahsulotlari, kolbasa mahsulotlari, ichimlik suvi, bolalar ozuqasi, kakao va sharbat) mahsulotlarining nazorat xaridi amalga oshirildi va ushbu mahsulotlar sinov laboratoriyalarida sinovdan otkazildi. Sinov natijalariga kora 18 turdagi sut va gosht mahsulotlari meyoriy hujjat talablariga sifat va xavfsizlik korsatkichlari boyicha nomuvofiqligi aniqlandi.

Otkazilgan sinovlar natijasida XasanmolpromXF tomonidan ishlab chiqarilgan Garmoniya 30% qaymogi, Izzat XK tomonidan ishlab chiqarilgan 2,5% Tvorog mahsuloti, Good food organic MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan quyultirilgan sut mahsuloti, Tong sutlari MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan 25% Smetana va 35% Qaymoq mahsulotlari,

Xamidaxon barkali Tayyorlov MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan 2,5% yogurt va 20% smetana mahsulotlari, Believe Milk Food MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan Shaftoli mazali yogurt, Molochniy kray MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan 30% qaymoq, 15% Smetana mahsulotlari, Angren meat-milk MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan Best smetanasi fizik-kimyo korsatkichlari boyicha meyoriy hujjat talablariga nomuvofiq, deb topildi.

Shuningdek, nomuvofiqliklar Kozimjon Omad MCHJ va Pokiza Niyat MCHJlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan kolbasa mahsulotlarida ham aniqlandi.

Sut mahsulotlarida aniqlangan nomuvofiqliklar asosan mahsulotlarning tashqi korigi, hidi, mazasi, tarkibidagi yog miqdorining belgilangan talabda emasligi boyicha, kolbasa mahsulotlari esa tarkibidagi kraxmal moddalarning belgilangan talablardan yuqori ekanligi boyicha meyoriy hujjat talablariga nomuvofiq, deb topildi.



Manba: Daryo.uz
: admin (23-02-2018, 11:58)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -