» » FVV xodimlari Belarus respublikasida malaka oshirdi

FVV xodimlari Belarus respublikasida malaka oshirdi


Joriy yilning 5—16-fevral kunlari Belarus respublikasining fuqaro muhofazasi universiteti qoshidagi qayta tayyorlash va malaka oshirish institutida O‘zbekiston FVV xodimlari uchun “Baland binolar, transport vositalari hamda  vayron bo‘lgan inshootlarda avariya-qutqaruv ishlarini o‘tkazish” mavzusida o‘quv kursi o‘tkazildi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

“Instruktorlar nostandart vaziyatlarda qaror qabul qilish, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda kuch va vositalarni boshqarish, favqulodda vaziyat chog‘ida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, transportda va baland inshootlarda avariya-qutqaruv ishlarini tashkil etish bo‘yicha kerakli yo‘nalishlarni chuqur ochib berdi. Ayniqsa, belaruslik o‘qituvchilarning o‘z sohasiga bo‘lgan mehr-muhabbati va sadoqati bizda iliq taassurot qoldirdi. Mazkur o‘quv mashg‘ulotlarida sport maydonchasidan, auditorlik-laboratoriya bazasidan keng foydalanildi. Bundan tashqari, respublika markaziy boshqaruvi hamda Minsk shahri boshqarmasining yong‘in xavfsizligi qutqaruv-otryadi, Belarus FVV maxsus otryadi va ‘Aviatsiya’ avariya-qutqaruv davlat muassasida o‘quv kurslari tashkil etildi. Bu kabi hamkorlikdagi o‘quv mashg‘ulotlarning tashkil etilishi kelajakda tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish va qutqaruvchilarning malakasini oshirishda dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi”, — deydi tez harakat qilish respublika ko‘p tarmoqli markazi yo‘riqchi-qutqaruvchisi D.Xo‘jaxmedov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2018, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют