» » O‘zbekistonda fuqarolar eng ko‘p tabiiy gaz ta’minotidan norozi ekanligi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda fuqarolar eng ko‘p tabiiy gaz ta’minotidan norozi ekanligi ma’lum bo‘ldi


Fuqarolar qaysi tashkilotlar faoliyatidan ko‘proq norozi bo‘lmoqda? O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov O‘zA muxbiri bilan suhbatda bunga aniqlik kiritdi.

– Tahlillar o‘tgan yildagi murojaatlar soni 2016-yildagidan 4219 taga ko‘payganini ko‘rsatmoqda. Ariza va shikoyatlarning 12976 tasi, ya’ni 91,9 foizi ijobiy hal etilishi natijasida iste’molchilarga yetkazilgan 4 milliard 397 million so‘m zarar qayta hisob-kitob qilib berildi.

Murojaatlar tahliliga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ularning katta qismi tabiiy gaz ta’minoti (4389 ta, 31,1 foiz), savdo (3320 ta, 23,5 foiz) va elektr ta’minotiga (2201 ta, 15,6 foiz) taalluqli ekanini ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, kommunal xizmat ko‘rsatish (742 ta, 5,3 foiz), suv ta’minoti (506 ta, 3,6 foiz), transport (273 ta, 1,9 foiz), aloqa (317 ta, 2,2 foiz), sog‘liqni saqlash (264 ta, 1,9 foiz) yo‘nalishida ham murojaatlar ko‘pligi kuzatiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2018, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют