» » Argentinalik dengizchilar Xitoyning baliq ovlash kemasini o‘qqa tutdi

Argentinalik dengizchilar Xitoyning baliq ovlash kemasini o‘qqa tutdi


Argentina sohil qo‘riqlash xizmati mamlakatning dengizdagi iqtisodiy hududiga noqonuniy kirib kelgan Xitoyga tegishli baliq ovlash kemasini o‘qqa tutdi, so‘ng uni sakkiz soat davomida ta’qib qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Argentina dengiz prefekturasining ma’lumot berishicha 22-fevral kuni yuz bergan hodisa oqibatida jarohatlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.

Xitoyning Buenos-Ayresdagi elchixonasi hodisa yuzasidan hech qanday ma’lumot bermagan.

O‘t ochish haqidagi qaror Xitoyga tegishli yana to‘rtta kema Argentina sohil qo‘riqlash xizmatiga hujum qilishga uringanidan so‘ng qabul qilingan.

Otishma boshlanishidan avval Argentina kemasi ofitseri Xitoy kemasiga ogohlantirish bergan.

Biroq, qoidabuzar kema sakkiz soat davom etgan ta’qibdan qochishga uringan.

Kemani ta’qib qilish Argentina tashqi ishlar vazirligining maxsus ko‘rsatmasidan keyin to‘xtatilgan. Shundan so‘ng baliq ovlash kemasi ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2018, 15:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют