» » Namanganda “Axsikent” arxeologiya merosi obyektini muhofaza qilish direksiyasi ish boshladi

Namanganda “Axsikent” arxeologiya merosi obyektini muhofaza qilish direksiyasi ish boshladi


Namangan viloyati hokimligi muassisligida davlat unitar korxonasi shaklidagi “Axsikent” arxeologiya merosi obyektini muhofaza qilish va tadqiq etish direksiyasi ish boshladi, deb xabar beradi O‘zA.

Direksiyaning ochilish marosimida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, soha mutaxassislari ishtirok etdi.

“Axsikent” arxeologiya merosi obyektini muhofaza qilish va tadqiq etish yodgorlik majmuasini lozim darajada muhofaza qilish, but saqlanishini ta’minlash va belgilangan tartibda ruxsatnoma olgan arxeologlar tomonidan arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini tashkil etish, chuqur ilmiy arxeologiya tadqiqot natijalari asosida majmuaning ilmiy-tarixiy konsepsiyasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish mazkur direksiyaning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Axsikent yodgorligi – qadimiy shahar xarobasi. Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Shahand qishlog‘i hududida, Sirdaryoning o‘ng sohilida joylashgan. Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, Axsikat shahri miloddan avvalgi 3—2-asrlarda vujudga kelgan, 9—10-asrlarda Farg‘ona vodiysining poytaxti bo‘lgan. 1219-yilda mo‘g‘ullar tomonidan butunlay vayron qilingan. Uning eski o‘rnidan 5—7 kilometr g‘arbda bunyod etilgan yangi Axsikat esa 14—17 asrlarga mansubdir.

Axsikatni arxeologik jihatdan o‘rganish ishlari 19-asr oxirlari 20-asr boshlaridan boshlangan. Axsikent xarobalaridan g‘arbroqda o‘rta asrlarga oid yana bir shahar xarobalari borligi aniqlangan. Akademik Ya.G‘ulomov va arxeolog I.Ahrorov mazkur tadqiqotlar asosida bu yerda turli davrlarga oid ikkita shahar bo‘lganligini, ulardan biri qadimgi Axsikat va ikkinchisi Zahiriddin Muhammad Bobur tug‘ilgan Axsikent ekanligini birinchi bo‘lib isbotladi.

Tadbirda Axsikent yodgorlik majmuasining ilmiy konsepsiyasi, direksiyaning ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi.

Tadbir ishtirokchilari ko‘hna Axsikent yodgorligi bo‘ylab sayohat qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют