» » Bunaqasi hali bo‘lmagan! Murad Buildings Toshkent shahrida 200 metrli inshoot bunyod etadi

Bunaqasi hali bo‘lmagan! Murad Buildings Toshkent shahrida 200 metrli inshoot bunyod etadi


Murad Buildings Singapurning jahonga mashhur DPA kompaniyasi bilan hamkorlikda poytaxt Toshkent shahrida 40 qavatli inshoot quradi. Tashkent City loyihasi doirasida qad ko‘taruvchi bu bino O‘rta Osiyoning eng baland inshooti bo‘lishi kutilmoqda. 28-fevral kuni start berilgan WorldBuild Tashkent – 2018 XIX xalqaro ko‘rgazmasida ushbu binoning maketlari namoyish etildi.

Kompaniya rahbari Murod Nazarovning so‘zlariga ko‘ra, yangi bino besh yulduzli mehmonxona, ofis va restoranlarni o‘z ichiga olib, uning tom qismida shaharni kuzatish maydonchasi joylashadi. O‘zbekistonning istagan fuqarosi u yerga chiqib, qush parvozi balandligidan shaharning ajib go‘zalligini tomosha qilishi, mehmonlar va sayyohlar bilan birgalikda zavq olishi mumkin.

Shuningdek, osmono‘par inshoot qurilishida Toshkent shahrining seysmik faolligi inobatga olinmoqda. Shu bois uning konstruksiyasiga yaponiyalik mutaxassislar jalb etilmoqda, zero ular bu borada katta tajribaga ega.

Tashkent City loyihasini amalga oshirish muddati 4 yil etib belgilangan bo‘lsa-da, Murad Buildings binoning qurilishini 3 yilda tugallashni rejalashtirmoqda. Qurilish ishlari shu yilning may oyiga rejalashtirilgan, hozirda loyihalashtirish ishlari olib borilmoqda.

Murad Buildings bilan yangi Toshkent, yangi baxt sari qadam qo‘yamiz!

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют