» » Davlat xizmatlarining yagona reyestri ro‘yxatdan o‘tkazildi

Davlat xizmatlarining yagona reyestri ro‘yxatdan o‘tkazildi


Davlat xizmatlarining yagona reyestri Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlikning Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali orqali ma’lum qilindi.

Reyestr davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan barcha davlat xizmatlarini xatlovdan o‘tkazish natijasi bo‘yicha shakllantirilgan bo‘lib, jami 444 ta davlat xizmati haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.

Ma’lumot uchun, “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga asosan Adliya vazirligiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda davlat xizmatlari yagona reyestrini shakllantirishni ta’minlash vazifasi yuklatilib, 2018-yil 1-iyundan boshlab esa davlat xizmatlarining yagona reyestriga kiritilmagan davlat xizmatlarini ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilab qo‘yilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2018, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют