» » Angrenda teplovoz piyodani urib yubordi

Angrenda teplovoz piyodani urib yubordi


Angrendagi “Obliq” temir yo‘l bekatida teplovoz piyodani urib yubordi. Bu haqda Toshkent viloyat IIBga tayanib, “Xabar.uz” ma’lum qildi.

IIB transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘limi navbatchilik qismiga Angren bekatida jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmasidan kelib tushgan xabarga ko‘ra, 3-mart kuni soat 14:20 larda “Obliq” temir yo‘l bekatida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mashinisti Aleksandr Vladimirov (ism-shariflar shartli) boshqaruvidagi teplovoz Angren shahrida yashovchi G‘ofur Karimovni urib yuborgan.

Jabrdiyda omon qoldi va shifoxonaga yotqizildi. Unga “o‘ng tomon yuz va yelka sohalarining lat yeyishi, o‘ng oyoq tovon qismi suyagining yopiq sinishi” tashxisi qo‘yilgan.

Tergovga qadar tekshiruvni Angren bekatida jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmasi olib bormoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 07:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют