» » Tog‘-kon universiteti rektorining qizi Putinning dissertatsiyasini otasi yozganini aytdi

Tog‘-kon universiteti rektorining qizi Putinning dissertatsiyasini otasi yozganini aytdi


Sankt-Peterburg Tog‘-kon universiteti rektori, Vladimir Putinning ilmiy rahbari Vladimir Litvinenko u uchun dissertatsiyani o‘zi yozib bergan. Bu haqda rektorning qizi Olga Litvinenko ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 1994-yilda Putinning ko‘magi bilan Litvinenko Tog‘-kon universiteti rektori bo‘lgach, OTMda soxta dissertatsiya tayyorlab, himoyadan muvaffaqiyatli o‘tkazib beruvchi professor va o‘qituvchilardan iborat jinoiy guruh tashkillashtirilgan.

Nomzodlik dissertatsiyasini tayyorlash narxlari 30 ming yevrodan boshlangan, doktorlik dissertatsiyasi — 50 dan 100 ming yevrogacha bo‘lgan.

Shu bilan birga, u otasi Rossiyaning bo‘lg‘usi prezidenti uchun dissertatsiyani bepul yozib bergan, deb hisoblaydi, chunki ularning “birgalikdagi bizneslari bo‘lgan”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют