» » Toshkent viloyatida yil boshidan beri 570 mahallaning chiqindilar bilan bog‘liq sanitar holati o‘rganildi

Toshkent viloyatida yil boshidan beri 570 mahallaning chiqindilar bilan bog‘liq sanitar holati o‘rganildi


Toshkent viloyatining aksariyat joylarda chiqindilar tartibsiz ravishda to‘planadigan punktlar hamon saqlanib qolayotgani tufayli ularga tutash hududlarning sanitariya-epidemiologiya holati yomonlashmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Toshkent davlat agrar universitetida “Chiqindilarning atrof-muhitga salbiy ta’siri” mavzusida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida mutasaddilar viloyatda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena talablariga javob bermaydigan chiqindilar to‘planadigan poligonlar mavjudligi haqida aytib o‘tdi.

— Viloyatning ayrim hududlarida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena me’yorlariga javob bermaydigan chiqindilar to‘planadigan poligonlar mavjud. Aksariyat joylarda chiqindilar tartibsiz ravishda to‘planadigan punktlar hamon saqlanib qolayotgani tufayli ularga tutash hududlarning sanitariya-epidemiologiya holati yomonlashmoqda, — deydi Toshkent viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Nasima Ahmedova. — Bu kabi holatlar yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishiga sharoit yaratadi. Ayni paytda boshqarma tomonidan viloyatdagi tuman va shaharlarning sanitariya-epidemiologiya holatini yaxshilash, chiqindi bilan bog‘liq vazifalarni bajarish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yil boshidan buyon boshqarma inspektorlari tuman va shaharlardagi 570 ta mahallaning chiqindilar bilan bog‘liq sanitar holatini o‘rgandi. Oqqo‘rg‘on, Zangiota, Parkent va Yuqori Chirchiq kabi tumanlarda aniqlangan noqonuniy chiqindixonalar hashar yo‘li bilan tozalandi.

Tadbirda mutaxassislar tomonidan sohada amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini jamoatchilikka tushuntirish, tabiatdan foydalanish sohasidagi faoliyatni belgilab beruvchi qonun hamda normativ hujjatlar, uning joylardagi ijrosi xususida ma’lumot berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют