» » AQShdagi yana bir maktabda otishma sodir bo‘ldi, halok bo‘lganlar bor

AQShdagi yana bir maktabda otishma sodir bo‘ldi, halok bo‘lganlar bor


Alabama shtatida joylashgan(AQSh) Birmingem shahridagi maktabda sodir bo‘lgan otishma oqibatida bir nafar o‘quvchi halok bo‘ldi, yana uchtasi jarohat oldi. Bu haqda Alabama Local’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, otishma tasodifan yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. Ayni vaqtda bir nafar o‘quvchi halok bo‘lgani, shuningdek, yana uch kishi jiddiy jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgani ma’lum.

“Darsdan bo‘sh vaqtda sodir bo‘lgan noxush hodisada ikki nafar o‘quvchi ishtirok etgan. Qisqa vaqtga maktab bloklangan, voqea joyiga politsiya yetib kelgan. Hozirda o‘quvchilarning barchasi uyiga qo‘yib yuborilgan bo‘lib, politsiya vaziyatni o‘rganmoqda”, — deyiladi maktab ma’muriyati tomonidan berilgan rasmiy bayonotda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-03-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют