» » O‘zbekistonda banklarga kirishda hujjat tekshirishni bekor qilish taklif etilmoqda

O‘zbekistonda banklarga kirishda hujjat tekshirishni bekor qilish taklif etilmoqda


Markaziy bank bank muassasalariga kirishda hujjat tekshirishni bekor qilishni taklif etmoqda. Bu “Bank xizmatlaridan foydalanish qulayligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasida ko‘zda tutilgan, deb xabar beradi Spot.

Markaziy bank 2018-yil 1-iyuldan tijorat banklari uchun quyidagi talablarni belgilashni taklif etmoqda:

Mijozlar bevosita xizmat ko‘rsatish hududiga to‘siqlarsiz, dastlabki ruxsat va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz o‘tishi;

Ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari to‘g‘risida mijozlar qabuli ma’murlaridan dastlabki maslahatlar olish;

Kredit talabnomalari ro‘yxatga olinishi va ko‘rib chiqilishi, kredit berilishi yoki rad etilishi to‘g‘risida qaror qabul qilinishi jarayoni shaffofligini ta’minlash.

Mazkur hujjat 22-martga qadar muhokama etilishi va izoh qoldirlishi mumkin. Uning 31-martdan kuchga kiritilishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-03-2018, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют