» » Moskvada Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Moskvada Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi


Moskva davlat tilshunoslik universitetida buyuk o‘zbek shoiri va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “Jahon” AA.

Tadbirda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi, Moskva davlat tilshunoslik universiteti, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Osiyo va Afrika mamlakatlari instituti, O‘zbekistonning bir qator OTMlari, Rossiya jamoatchilik tashkilotlari vakillari, shuningdek, o‘zbek tilini o‘rganuvchi talabalar qatnashdi.

Tadbir ishtirokchilari e’tiboriga shoirning hayoti va ijodi haqidagi hujjatli film namoyish etildi, boburshunos olimlar guruhi tomonidan tayyorlangan “Z.M.Bobur asarlari bibliografiyasi”ning birinchi jildi taqdim etildi.

O‘zbek tilini o‘rganayotgan talabalar o‘z bilimlarini namoyish etdi va Bobur asarlaridan parchalar o‘qidi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют